Filologiya fakulteti amaliyotchilari o‘z faolliklarini ko‘rsatmoqda
Mart oyining o‘n uchinchi sanasida Nukus shahridagi 38-maktabda filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti talim yo‘nalishidagi amaliyotchi talaba Sobirova Dildora tomonidan 10-V sinfda «Qo‘shma gap turlarining manodoshligi, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiy faoliyati» mazvusida tashkil etildi.
Darsda Sobirova Dildora o‘zining pedogogik mahorati bilan birga ijodkorligini ham ko‘rsata oldi.Darsga tayorlangan ko‘rgazmali qurollar, videolar, slaydlar darsning yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minladi.
Darsni kuzatish uchun metodist Bekchanova Sayyora, fan o‘qituvchisi Allambergenova Gulnora hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi. Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. O‘qituvchilar va talabalar ochiq dars haqida o‘z fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni yaxshi baholadilar.