AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Buyuklar xotirasi mangu barhayot

Insonlar abadiy yashay olmaydi, lekin ularning xotirasi, qilgan ishlari ular xotirasini abadiylikka muxirlay oladi. Har bir mamlakatning rivoj topib, kamolga yetishida umrini el-yurt uchun fido qilgan buyuk insonlar ko‘pdir. Shunday buyuk insonlardan biri Alisher Navoiy bobomiz bo‘lsa, birisi Zahriddin Muhammad Bobur bobomizdir. Mana, bu yil Navoiy bobmiz tavalludining 587 yilligi, Bobur bobomiz tavalludining esa 536 yilligi butun O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Nukus shahri 38-maktabda “Buyuk siymolar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman va adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Kechaning ilmiy qismida ustozlardan Bekjanova Sayyora va Xalmuratova Dilbarlar so‘zga chiqib Navoiy va Bobur bobomiz haqida ko‘plab ma’lumotlarni o‘quvchilarga aytib, buyuklar xotirasi abadiy qadirlanishi va hech qachon unitilmasligini turli misollar bilan tushintirdilar.

Badiiy qismida esa o‘quvchilar bobolarimizning g‘azal va ruboiylaridan aytib, kuyga solingan g‘azallariga raqslar ijro etishdi. O‘quvchilarning sahna asarlari, qo‘shiq-raqslarni berilib ijro etishi ustozlarni juda quvontirdi. Kecha oxirida Ustozlar kechani tayyorlashda yordam bergan barchaga, shu maktabda amaliyot o‘tayotgan NDPIning Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-“B” guruh amaliyotchilariga o‘z minnaddorchiliklarini bildirdi. Hamda bu kabi kechalarning o‘tkazilishi yosh avlod qalbida bobolarimizga hurmat va el-yurt deb yashash uchun intilishga chorlashi bilan ham ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.