AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Filologiya fakulteti amaliyotchilari yanada faollashdi

Mart oyining o‘n oltinchi sanasida Nukus shahridagi 38-maktabda filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti talim yo‘nalishidagi amaliyotchi talaba Mirhoshimova Shahzoda tomonidan 8-g sinfda «O‘lkamizda Navro‘zi olam», «Felning birgalik nisbatda qo‘llanilishi» mazvusida ochiq dars tashkil etildi. Darsda Mirhoshimova Shaxzoda o‘zining pedogogik mahorati bilan birga ijodkorligini ham ko‘rsata oldi. Darsga tayorlangan ko‘rgazmali qurollar, videolar, slaydlar va yangi metodlar darsning yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minladi.

Darsni kuzatish uchun metodist Bekchanova Sayyora  hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi.Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. O‘qituvchilar va talabalar ochiq dars haqida o‘z fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni yaxshi baholadilar.