Kasbimning faxri

Nukus shahri XTMFMT va TEBga qarashli 44-sonli umumta’lim maktabining 5-“a”  sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI Filologiya fakultetining Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi 4-“v” guruh talabasi Bobojanova Go`zal 2019-yil 4-aprel sanasida  Ona tili fanidan bir soatlik ochiq dars tashkil qildi.Darsda yangi pedagogik  texnologiyalardan foydalandi. Dars hamma uchun qiziqarli boʻldi. Ayniqsa, oʻquvchilar bilan ishlashishi, tezkorligi juda ham yaxshi boʻldi.

Bilamizki, oʻqituvchilik kasbida pedagogik mahoratning boʻlishi talab etiladi. Bu holat qaysi bir fan oʻqituvchisi darsga kirsa ham uning qanchalik mahoratli ekanligi sezilib turadi va shu orqali dars qanday boʻlganligi aytiladi. Darsda asosan, oʻqituvchi dars oʻtayotgan oʻquvchilarning yoshi, oʻquvchilarning xarakteri va qiziqishlarini inobatga olishi kerak boʻladi. Shu narsalar inobatga olinsa, dars davomida xech qanday kamchilik topa olishmaydi.

Mening fikrimcha, darsda koʻproq nimalar koʻrsatildi deb emas, darsda oʻquvchilar nimalarni koʻproq oʻrgandi deb qarash kerak. Oʻqituvchining barcha qobiliyati esa shundadir.

Darsda metodistlarimizdan Allamberganova Nodira, Kobulova Durdona hamda amaliyotchilar qatnashishdi. Dars yaxshi deb baholandi. Darsga kirgan har bir amaliyotchi talabalar dars davomida kuzata turib oʻzlari uchun biror narsa oʻrgana olishdi.