Oʻqituvchilikka dadil qadamlar sari
Nukus shahri XTBga qarashli 44-sonli umumta’lim maktabining 10-“b” sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI Filologiya fakultetining Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi 4-“v” guruh talabasi Urazbayev Murat 2019-yil 10-aprel sanasida Oʻzbek tili fanidan “Dunyo taomlari” (koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantirish) mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil qildi.
Dars kuzata turib, boshidan shuni ma’lum qilishimiz mumkinki, dars juda yaxshi tashkillashtirilgan. Bu fikrga asosan, nimalardan kelib chiqib toʻxtalyapmiz? Dars oʻtayotgan amaliyotchi har bir metod va usullarini sinf oʻquvchilarning yoshiga qarab toʻg’ri tanlay olgan.Bir oʻqituvchi kun mobaynida har xil sinflarga dars oʻtadi, lekin hamma sinf uchun birdek metod va usullardan foydalana olmaydi. Sababi, oʻqubchilarning yoshi, nimalarga qiziqishi inobatga olinmasa, oʻqituvchi darsda oʻz maqsadiga erisha olmaydi. Darsda berayotgan bilimi qay darajada boʻlishi oʻqituvchining qobiliyatiga bogʻliq.
Bilamizki, tahlilda har bir qismning oʻz yutuq va kamchiliklariga qaraladi. Lekin, oʻqituvchi darsda oʻquvchilarni diqqatini bir soʻz bilan ham hech qanday koʻrgazmali qurolsiz ham darsga jalb qila olsa, boshqa narsalarni kamchilik deb qaray olmaymiz. Chunki, oʻqituvchi darsda oʻquvchiga nimadir bera oldi. “Dars muqaddas “ deb aytiladi. Oʻsib kelayotgan hali endi oʻrganaman, deb turgan farzandlarga shu 45 minutlik muqaddas vaqtini behuda olmasdan, biror narsa oʻrgatish kerakligi uchun dars muqaddas sanaladi. Ya’ni bu soʻzni dars oʻtayotgan har bir oʻqituvchi xis qila olsa, oʻzidagi ma’suliyatni sezsa ana oʻshanda pedagogik mahoratga ega oʻqituvchi deb oʻylashimiz mumkin.
Bugungi darsni kuzata turib, yuqoridagi fikrlarimizni amaliyotchida koʻrdik deb aytsak, xato boʻlmaydi. Har bir ishning boshida fundament boʻlishi kerak. Oʻqituvchilikdagi fundament nima? Bu qobiliyat va mahoratning boʻlishidir. Shu narsalar oʻqituvchida boʻlsa, albatta u oʻqituvchi oʻquvchiga bir soat dars mobaynida ham oʻquvchiga biror narsa oʻrgata oladi.
Amaliyotchi bugungi darsda koʻplab metodlardan foydalandi, ayniqsa, uning “Orol dengizi” usuli hamma kuzatuvchi amaliyotchi va oʻqituvchilarni diqqatini tortdi. Oʻquvchilar darsda faol qatnashishdi. Oʻqituvchining yutuqlari koʻp boʻldi. Bu oʻquvchilarning oʻqituvchiga dars davomida savollar berishidan sezilib turdi.
Qanday oʻquvchi darsda savol beradi? Darsni eshitib, oʻrganishni xohlayotgan oʻquvchi savol beradi. Bugungi dars juda yaxshi tashkillashtirilgan. Darsda metodistlarimizdan Kabulova Durdona, Allamberganova Nodira va amaliyotchi talabalar qatnashishdi. Dars a’lo deb baholandi. Darsda qoʻllangan metod va usullar boshqa amaliyotchi talabalarga tavsiya qilindi.