Oʻrgatadi, qiziqtiradi, kelajakka yetaklaydi – oʻqituvchi
Nukus shahri XTBga qarashli 38-sonli umumta’lim maktabining 6-“d” sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI Filologiya fakultetining Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi 4-“b” guruh talabasi Rahimov Nizomjon 2019-yil 18-aprel sanasida adabiyot fanidan bir soatlik ochiq dars tashkil qildi.
Har bir kasbning oʻziga yarasha qiyinchiligi boʻladi. Lekin shu har bir kasblar qatoriga biz oʻqituvchilikni kirita olmaymiz. Sababi, oʻqituvchilik kasbi boshqa kasblarga qaraganda mas’uliyati koʻp boʻladi. Oʻqituvchi ham aktyor, ham psixolog boʻlishi talab etiladi. Koʻpchilik kasb egalari kun davomida ishlab natija koʻrsatsa, oʻqituvchi 45 daqiqada oʻzini koʻrsata olishi kerak.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, bugungi dars juda yaxshi tashkillashtirilgan deb ayta olamiz. Nimalarga tayanib bunday deyabmiz? Birinchidan, darsni muqaddas ekanligini xis qila olgan. Ikkinchidan, oʻqituvchilikka mahorati bor. Uchinchidan, oʻquvchilarga oʻzining bilimini yetkazib bera oldi.
Oʻqituvchi bir darsda koʻp kamchiliklarga yoʻl qoʻyishi mumkin. Lekin, oʻqituvchida qobiliyat koʻrinib tursa, oʻquvchilarni jalb qila olsa, boshqa kamchiliklar inobatga olinmaydi. Bugungi darsda oʻqituvchi asosan, oʻquvchining xarakteriga, qiziqishiga, ularning qiziqtirgan savollariga javob berib oʻquvchilar bilan ishlashdi.
Darsda metodistlarimizdan Bekchanova Sayyora hamda amaliyotchilar qatnashishdi. Dars yaxshi deb baholandi.
Vaqtning qadrini bilishimiz,
Oʻz hayotimizga eʻtiborimizdir…