Ulugʻ yoʻlning mashaqqati

Nukus shahri XTB ga qarashli 38-umumta’lim maktabining 4-«D» sinfda malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI «Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim» fakulteti «Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi» ta’lim yoʻnalishi 4-«V» guruh talabasi Ibragimova Hajibibi 2019-yil 22-aprel sanasida  sinf soatidan «Oila – muqaddas dargoh» mavzusida  ochiq dars tashkil qildi.

Darsni tashkil qilgan talaba oʻz pedagogik mahoratini koʻrsata oldi. Talaba – amaliyotchi qoʻllagan interfaol metodlari, oʻyinlari orqali sinfdagi hamma oʻquvchini oʻziga jalb qila oldi. Ayniqsa uning oʻzini tutishi, kiyinishi, nutqining toʻgʻri va jarangdorligi, diktsiyasi, mimikasi va boshqa sifatlari bilan oʻquvchilar diqqatini dars boshidan oxirigacha oʻziga qaratdi. U oʻquvchilar bilan doʻstona munosabatda boʻldi. Bu sifatlar shuni koʻrsatadiki, talaba-amaliyotchi malakali ekanligidir.

Oʻqituvchilik kasbi mashaqqatli kasb, hamma ham bu kasbni tanlayvermaydi. Namunali oʻqituvchi boʻlish uchun inson oʻz ustida koʻp  shugʻullanishi, qiyinchilik va sinovlarga chidamli boʻlishi, iroda, sabr-toqat, matonat kabi sifatlarni talab qiladi.

Ustozlik yoʻli – ulugʻ yoʻl. Bu ulugʻ yoʻlning mashaqqatlarini yengib oʻtgan insongina yetuk ustoz darajasiga yetisha oladi. Bejizga ota-ona vujud me’mori boʻlsa, ustoz qalb me’mori deb aytilmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, talaba-amaliyotchi Ibragimova Hajibibi yangi mavzuni yaxshi yoritib berdi. Oʻquvchilarning qalb me’mori sifatida berilgan bilimlarni dillariga jo boʻlishini ta’minladi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sinf soatini tashkillashtirishda AKTdan keng  foydalandi. Ayniqsa Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyevning oila muqaddas dargohligi haqidagi gapirgan nutqini oʻquvchilarga namoyish qilib, darsni qiziqarli tashkillashtirdi. Talaba-amaliyotchi butun dars davomida oʻzining pedagogik mahoratini koʻrsata oldi.

Darsda metodistimiz Abdijabborova Jamila, maktab metod birlashma rahbari Abdurahmonova Sanobar, sinf rahbari Sattorova Gavharoy va talaba-amaliyotichilar qatnashdi. Ular dars yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar va dars yaxshi deb baholandi.