Oʻqituvchi bor ekan, yoshlar kelajagi buyukdir

Nukus shahri XTBga qarashli 37-sonli umumtaʻlim maktabining 8-“a”  sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI Filologiya fakultetining Oʻzbek tili va adabiyoti taʻlim yoʻnalishi 4-“a” guruh talabasi Egamberganova Gulandom 2019-yil 9- aprel sanasida  Oʻzbek tili fanidan “Abu Rayhon Beruniy (Sof koʻmakchilar va koʻmakchi vazifasida qoʻllanadigan soʻzlar) mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil qildi.

Dars oʻtuvchi amaliyotchi talaba qobiliyatli va ijodkor oʻqituvchi sifatlarini oʻzida namoyon qila oldi. Har bir kuzatuvchi oʻqituvchi va amaliyotchilar oʻqituvching mahoratiga eʻtibor berishdi. Darsda koʻplab pedagogik texnologiyalar va zamonaviy koʻrgazma qurollardan foydalandi. Asosan, oʻzining samimiy muomalasi orqali oʻquvchilar bilan doʻstona aloqa oʻrnata oldi. Hamma oʻquvchilarni birdek darsga jalb qila olishi  bilan oʻqituvchilik kasbini  qanchalik darajada egallaganligini koʻrsatib berdi.

Oʻqituvchi asli qanday dars tashkil etishi kerak? U nimalarga koʻproq e’tibor berishi kerak degan savol hammada tugʻiladi. Oʻqituvchi shunday dars tashkil etishi kerakki, oʻquvchi bugungi oʻtilgan mavzuni oʻrganmasdan ketmasin, oʻquvchida oʻqituvchiga mavzu boʻyicha beriladigan savollar paydo boʻlishi kerak. Oʻquvchiga dars tushunarli, qiziqarli boʻlganini darsda oʻqituvchiga savollar berib borishidan bilib olishimiz mumkin. Oʻqituvchi ana oʻshanda oʻz maqsadiga erishgan boʻladi. Har bir oʻqituvchi 45 daqiqa dars oʻtsa ham shu oz fursat ichida oʻsib kelayotgan farzandlarga biror narsa bera olsa, ana oʻsha oʻqituvchi pedagogik mahoratga ega hisoblanadi.

Bugungi darsda oʻquvchilar ancha narsa oʻrganib olishdi. Oʻqituvchi oʻz pedagogik mahoratini, qobiliyatini namoyish eta oldi.

Darsda metodistlarimizdan Jalilov Sadaddin, Madrimova Yorqinoy domlalar, fan oʻqituvchisi Atabayeva Sayyora hamda amaliyotchilar qatnashishdi. Dars a’lo darajada deb baholandi. Darsga kirgan har bir amaliyotchi talabalar darsni kuzata turib oʻqituvchilik kasbini naqadar qiyin ekanligiga yana bir bor amin boʻlishdi.