«Yuragida Vatan bor edi…»

25-aprel kuni Nukus shahar XTBga qarashli 38-sonli umumta’lim maktabining 4-«D» sinf oʻquvchilari ishtirokida Ajiniyoz nomidagi NDPI Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti «Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi» yoʻnalishi 4-«V» guruh talabalari sinf rahbari Sattorova Gavharoy boshchiligida Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan «Yuragida Vatan bor edi…» nomli adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilar, amaliyotchi talabalar va talabalarning metodist ustozi Abdijabborova Jamila qatnashdi. Tadbirda oʻquvchilar Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib, shoir hayoti bilan bogʻliq sahna koʻrinishi namoyish etdilar. Shoirning bir-biridan ajoyib she’rlaridan aytib berdilar.

Oʻquvchilar Muhammad Yusufning ona haqidagi,  Vatan haqidagi kuyga solingan she’rlarini qoʻshiq qilib kuyladilar. Bu esa tadbirga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi. Tadbir yakunida maktab direktorining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Seytimbetova Jamila adabiy-badiiy kechani tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan amaliyotchi talabalarga alohida minnatdorchilik bildirdi.