Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti

Fakultet dekanı:

Pedagogika fаnlаr dоktоri (DSc), professor

Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna

 тел.:

+998 93 920-32-35

+998 91 374-46-54

  e-mail: muxabbat1105@mail.ru
 веб сайт: msht.ndpi.uz

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tarkibidagi kafedralar:

  1. Мaktabgacha ta’lim
  2. Maktabgacha ta’rbiya va defektologiya

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari:

  1. 60110200-Maktabgacha ta’lim
  2. 60110300-Maxsus pedagogika:Logopediya
  3. 60110300-Maxsus pedagogika:Surdopedagogika
  4. 60110300-Maxsus pedagogika:Oligofrenopedagogika.

Magistratura mutaxassisligi

  1. 70110201-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

     2019-yilda Maktabgacha ta’lim fakulteti qayta ochilib, shu kungacha fakultetga Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent M.X.Allambergenova rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Q.Tleumuratov va I.Taspolatovlar o‘zlariga tegishli ishlarni bajarib kelmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim fakultetida jami 32 professor-o‘qituvchilar bo‘lib, 1 professor, 6 fan nomzodi shundan 3 dotsent, 3 katta o‘qituvchi, 18 assistent o‘qituvchi va 7 stajor o‘qituvchi xizmat ko‘rsatmoqda. 2019-yildan shu davrgacha Maktabgacha ta’lim kafedrasini prof. G.X.Jumasheva boshqarib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari «Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik va psixologik asoslari» mavzusida kafedraning ilmiy mavzusi bo‘yicha o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 60110200 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi pedagogika texnikumlari uchun maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilarni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachi-pedagoglarni tayyorlaydi. Kafedrada ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil etilib, kafedra a’zolari o‘z faoliyatini ko‘rsatib, iqtidorli talabalar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Shunday iqtidorli talabalardan biri M.Sobirova 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti bo‘lishga muyassar bo‘ldi va hozirgi vaqtda institutimizning Pedagogika kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda.

     Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2020-yil 14-avgust kungi 427 D/1 sonli buyrug‘i asosida «Maktabgacha tarbiya va defektologiya» kafedrasi maxsus pedagogika bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi kafedra sifatida tashkil etildi.

     Maxsus pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim maktablari, maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli muassasalar va nodavlat tashkilotlarda defektolog, logoped, surdopedagog, oligofrenopedagog sifatida faoliyat ko‘rsatadi. «Maktabgacha tarbiya va defektologiya» kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Bekimbetova Aynagul Amangeldievna rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 17 nafar professor-o‘qituvchi ishlaydi. Ulardan dotsent A.Bekimbetova, dotsent v.v.b. J. Bekmanova, katta o‘qituvchilar p.i.b.f.d. E.Orazimbetov, M.Erjanova, F.Salamova, assistent-o‘qituvchilar G.Tasbayeva, A.Saparov, K.Tajimuratova, G.Jumabayeva, Z.Ajimova, Z.Esnazarova. S.Shakirova, J.Karlibayeva, A.Tajimuratov, F.Reymova, Sh.Jabborbergenov, J.Atamuratovalar talabalarga puxta bilim berib kelmoqda.

     Fakultetda jami 1175 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda, shundan 19 nafar o‘g‘il bola, 1156 nafar qiz bolani tashkil etadi.

 

Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı 90-jıllıq bayramınan kórinis

Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı 90 jıllıq bayramınan kórinis

Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı Mektepke shekemgi tálim fakulteti dekanı hám oqıtıwshılarınan foto kórinis

1-Oktyabr Ustazlar hám tarbiyashılar bayramınan kórinis

Institutımız ilimiy konferensiyası qatnasıwshıları menen ushırasıwdan kórinis

Fakultetimiz tárepinen Nókis qalası 4-sanlı gereń hám azzi esitiwshilerge qániygelestirilgen mektep internatında shólkemlestirilgen bayram keshesinen kórinis

Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutında ótkerilgen nawrız bayramınan kórinis