Institutimiz o‘qituvchilari va magistrantlari kvant kompyuterini yaratish masalalariga bagʻishlangan xalqaro yozgi maktabda faol ishtirok etmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti «Fizika o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchilari dotsent B.Yavidov, assistent-o‘qituvchilar A.Jalekeshov va R.Ametov, Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) mutaxassisligi magistrantlari D.Xojiboyev va I.Jaqsimuratov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan «New Advances in Quantum Information Science and Quantum Technology» Xalqaro yozgi maktab (Summer school) ishida ishtirok etishmoqda.

Yozgi maktab o‘z ishini 2019-yil 10-18 sentyabr kunlari olib boradi.  Mazkur maktab ishi Germaniya Federativ Respublikasi Volkswagen Stiftung kompaniyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, O‘zbekiston fizika jamiyati va Samarqand davlat universiteti homiyligida o‘tkazilmoqda.

Maktab ishida ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan fizik olimlar tashrif buyurgan. Jumladan Yaponiya, Buyuk britaniya,  Germaniya, Gollandiya, Turkiya, Eron, Pokiston,  Singapur, Qozog‘iston fizikasi maktab ishida qatnashmoqda. 

Muhokama qilinadigan asosiy masala kvant kompyuterini yaratish muammosi bo‘lib, olimlar bu borada o‘z tajribasi bilan hamkasblarini yetishtirmoqda va kelajakda istiqbolli rejalar muhokama etilmoqda.

Institutimiz o‘qituvchilari ham bu tadbirda faol ishtirok etmoqda.