AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ishchi guruh Kegeyli tumanida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o’tkazilgan 15-sonli yig’ilish bayoni asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan Islohotlar samaradorligini ta’minlash, o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo’llash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Ishchi guruh tomonidan Kegeyli tumanidagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurildi. O’quv muassasalaridagi o’quv, ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog’lomlashtirish, 5 ta muhim tashabbus ijrosi kabi masalalar o’rganildi.


11-sinf bitiruvchilari bilan kasbga yo’naltirish bo’yicha davra suxbati o’tkazildi. O’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo’llash ishlarini tashkillashtirish va Ishchi guruh o’quv jarayonida innovatsion g’oyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish, o’qituvchilarning ochiq darsi va to’garaklar ish faoliyatini tashkil etish, “Maktab-oila-mahalla-OTM” tutgan o’rni va ahamiyati, “Ustoz-shogird” tizimi masalalari o’rganildi.


O’zbekiston Respublikasi «El-yurt umidi» jamg’armasi boshligi o’rinbosari O.Sattarov, Nukus davlat pedagogika institutining dotsenti A.Orazыmbetov Respublika O’quv metodika markazi metodisti, mas’ul xodimi X.Abdijabbarov ishtirokida o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo’llash ishlarini tashkillashtirish bo’yicha o’qituvchilar bilan davra suhbati o’tkazildi.


Shuningdek, tumandagi 9-sonli umumta’lim maktabida O’quvchi yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish va kitobxonlik madaniyatini oshirish, maktab kutubxonasining darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holati, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi.


27-sonli umumta’lim maktabida dotsent A.Orazыmbetov 11-sinf uquvchilariga maxorat darsi va bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlari oshirish bo’yicha suxbat o’tkazdi.
Kegeyli tumani XTB ga qarashli 22-sonli umumta’lim maktabida O’quvchi yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo’yicha targ’iboti ishlari olib borildi. O’quv, ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog’lomlashtirish, 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo’yicha tadbir tashkil etildi.
Ishchi guruh maktablarning moddiy texnika bazasini ko’zdan kechirdilar. Tashkil etilgan fan va sport to’garaklar bilan hamda erishilgan yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, dars jarayonlarini kuzatish mobaynida, o’quvchilar bilan maktabda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan suhbatlashildi hamda ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.