Turkiy tillar fakultetida «Kitobxon minbari» diskus davra suhbati tashkil qilindi
2019-yil 29-noyabr kuni institutimiz Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi «Qizlarjon» va Oʻzbek adabiyoti kafedrasi qoshidagi «Nihol» ilmiy-adabiy toʻgaragi a’zolari, qolaversa, fakultetning oʻzbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish boʻyicha Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida kitobxonlikka qiziqtirish, mutolaaga chorlash uchun «Kitobxon minbari» diskus davra suhbati an’anaviy tarzda tashkil qilindi.
Mazkur davra suhbatini tashkillashtirishda fakultet Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d.(PhD) F.Sapayeva tashabbuskorlik koʻrsatdi. Tadbirda Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n. S.Matyakupov, f.f.d.(PhD) Sh.Aldashevalar ham ishtirok etdilar.
Mazkur diskus davra suhbatida zamonaviy romanlar, xususan, «Sabo va Samandar» romani juda qiziqarli va asosli tarzda tahlillandi. Slayd taqdimotlari orqali asar muallifining ijodiyotiga bir nazar solindi. Yoshlar uchun ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega fikrlar talabalarda juda sermazmun taassurot uygʻotdi. Bu esa talabalarni shu kabi asarlarni yanada qunt bilan, mehr bilan oʻqishga chorladi. Asarni tahlillashda va oʻz fikrlarini jamoaga tatbiq etishda eng faol qatnashgan talabalar nomi rasman e’lon qilindi.
Jumladan, 2-kurs talabalari G.Ulugʻbekova, S.Yuldasheva, S.Rashidov, R.Nurmetova, G.Nurmetova, Sh.Oʻrinboyeva, I.Tajiboyeva, M.Bobojonova, J.Yuldashev, N.Odilovalar boʻlsa, 1-kurs talabalaridan esa N.Shirinova, Sh.Ergasheva, Z.Abdurahmonova va D.Ismoilovalardir.
Eslatib oʻtamiz, mazkur tadbirning shiori: «Sajdagohimiz-minbar, qurolimiz-kitob, manzilgohimiz-kutubxona, kasbimiz-mutolaa boʻlmogʻi lozim!»
Feruza Sapayeva,
Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori.