MATN TASNIFI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI MUAMMOLARI
NDPI Ellikqal‘a pedagogika fakulteti talabasi Xo‘janiyozov J
Badiiy matn yoki ilmiy matn “Matn” atamasiga ,tasnifiga ,talabiga javob bera bo‘ladimi? Ijtimoiy va siyosiy faoliyatimizda ko‘p matnlar bilan ishlaymiz. Xo‘sh matn o‘zi nima? Eng avvalo uning ma‘nosiga to‘xtalib o‘tsak… Matn so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “yelka” degan ma‘noni bildiradi.[1] Matn atamasiga turli xil tasnif beradilar. Chex olimi K.Gauzenblas matnni ham nutqiy faoliyat sifatida, ham nutqiy faoliyat mahsuli (natijasi) tarzida talqin etadi. Bunda yozma nutq nutqiy faoliyat mahsuli sifatida, og‘zaki nutq (shu jumladan uning magnit tasmasidagi ifodasi ham) nutqiy jarayon deb talqin qilinadi. Rus tilshunosi I.R.Galperinning talqiniga ko‘ra, matn har tomonlama mukammal holatga keltirilgan yozma nutq mahsulidir. Og’zaki nutq esa turli qaytariqlarni, uzuq-yuluq gaplarni ham o‘z ichiga oladi va shu bois uni tekshiruv obyekti bo‘la oladigan matn deb e‘tirof etish maqsadga muvofiq emas[2] . Fransuz tilshunosi R.Bart matnni quyidagicha tushunadi: “Ichki bog‘lanishli bo‘lgan, muloqot maqsadida mazmunan o‘zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi matn, deb ataladi”. Nemis tilshunosi K.Ye.Haydolfning matn xususidagi fikri ham o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. U matnni kommunikativ jarayonda gaplarning ma‘lum xabar ifodasini berish uchun o‘zaro bog‘lanishi tarzida tushunadi. Olimning fikricha, matn tarkibida gaplarning tartib bilan o‘zaro bog‘lanib kelishida quyidagilar e’tiborga olinmog‘i darkor:
- a) fikr butunligi;
- b) leksik butunlik;
- v) kommunikativ butunlik;
- g) zamon va nuqtai nazar butunliklari .
Bu o‘rinda, K.Ye.Haydolf mulohazalariga qo‘shilish mumkin, Chunki matnning yaxlit kommunikativ butunligini ta‘minlash uchun tugal fikr ifodasining bo‘lishi, gaplarning o‘zaro munosabatini semantik va sintaktik jihatlardan tashkil eta oladigan leksik vositalarning, fikr ifodasining zamon nuqtai nazarida bekamu ko‘stligi ta‘minlangan bo‘lishi eng asosiy shartlardan biridir. Rus tilshunosligida ham keyingi o‘ttiz-qirq yil davomida matn lingvistikasi bo‘yicha qator tadqiqot ishlari bajarildi. Umuman, R.Bartning tadqiqotida matnning bir necha komponentli turi haqida ma‘lumot beriladi. Boshqacha aytganda, bu o‘rinda ham asosiy e‘tibor katta matnga qaratilganligi seziladi. Bunday holat boshqa tilshunoslarda ham kuzatiladi. Uning fikricha bir necha gaplarning yig‘indisi ya‘ni bir necha gapni o‘zida birlashtirgan yirik frazadan katta butunlik matn bo‘la oladi. Bu borada ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra matn quyidagi o‘ziga xos belgilari (xususiyatlari) bilan xarakterlanadi. Fransuz tilshunosi R.Bart matnni quyidagicha tushunadi: “Ichki bog‘lanishli bo‘lgan, muloqot maqsadida mazmunan o‘zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi matn, deb ataladi”. Umuman, R.Bartning tadqiqotida matnning bir necha komponentli turi haqida ma‘lumot beriladi. Boshqacha aytganda, bu o‘rinda ham asosiy e‘tibor katta matnga qaratilganligi seziladi. Bunday holat boshqa tilshunoslarda ham kuzatiladi. Masalan, polyak tilshunosi A.Boguslavskiy matnni bir necha gapdan tashkil topgan nutqiy material tarzida izohlaydi. Bunda u asosiy e‘tiborni muallif nima haqda gapirayotgani va uning mazmuniga emas, balki mazkur matn qanday komponentlardan tuzilayotganiga qaratadi . Amsterdam universitetining professori T.van Deyk matn va uning o‘ziga xos tabiatini pragmatika bilan bog‘lab o‘rganadi. Uning tadqiqotlarida asosiy e‘tibor matnning grammatik xususiyatlariga qaratilgan edi. T.van Deyk matnning grammatik jihatlarini oldin logik va analitik falsafa qoidalari bilan bog‘lab o‘rganishga harakat qiladi. Biroq u ko‘p o‘tmay bunday fikrdan qaytadi, zotan, mantiq o‘rganadigan semantika lingvistik semantika bilan hech qachon bir xil asosga ega bo‘la olmaydi. Chunki mantiqning ham, tilshunoslikning ham semantika bobida bir-biridan keskin farqlanuvchi jihatlari mavjud.
Deykning bunday xulosaga kelishiga Kaliforniya universiteti professorlari Lakoff hamda Filmorlarning ta‘siri katta bo‘lgan. T.van Deyk o‘z tadqiqotlari davomida matn faqat gaplarning o‘zaro bog‘lanishidan emas, balki nutqiy aktlarning ham o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topadi, degan to‘g‘ri xulosaga keladi.
- Matn yozma shaklda bayon qilingan xabardir.
- Matn, ma‘no va strukturaviy tugallikga ega.
- Matnda avtorning xabar berilayotgan voqelikka munosabati ham ifodalanadi.[3] [12,13,14]
Matn, ma‘no va strukturaviy tugallikka,mantiqiy izchillika,ohang va mantiqiylikka ega bo‘lishi kerak. Demak bundan ko‘rinib turibdiki matn yuzaga kelishi uchun eng avvalo gapning ma‘noviy zanjiri, grammatik birikishi, peredikatlik belgisi bo‘lsa matn deb qabul qilamiz. Tugal ma‘noga ega bo‘lmagan ikki yoki uch ta gaplarning yig‘indisi ham matn bo‘lavermaydi. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda matn, ma‘no va srukturaviy jihatdan tugallikka ega bo‘lishi kerak ekan. Bu esa bugungi kundagi matn atamasining dolzarb muammolari bo‘lib kelmoqda.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati ziyo.uz
2. Turniyozov N,Yo‘ldoshev B “Matn tilshunosligi “ S.2011
[1] O‘zbek tilining izohli lug‘ati ziyo.uz
[2] Ne‘mat Turniyozov, Bekmurod Yo‘ldoshev Matn tilshunosligi S.2011
[3] Ne‘mat Turniyozov, Bekmurod Yo‘ldoshev Matn tilshunosligi S.2011