JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

“…Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Tehnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy – ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir.

Islom Karimov

 

Hayot inson uchun berilgan eng buyuk ne’matdir. Bu ne’matning qadriga yetish, har bir daqiqasini mazmunli o‘tkazish, odamlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, o‘zidan yaxshi nom qoldirish esa barcha insonlarning vazifasidir. Bu vazifani ado etishdagi eng muhim vosita, ta’bir joiz bo‘lsa, ezgulik sari boshlovchi mayoq, nurli kelajak sari boshlovchi mashal-ma’rifat. Bugun biz tez suratlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashayapmiz. Hozirgi paytda yer yuzida qanday voqealar yuz bermasin, odamzod bu haqda zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotgan bir paytda mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik hukm surmoqda. Bu esa xalqimiz ma’naviyati va madaniyatini boyitishga berayotgan yuksak e’tiborning samarasi desak xato bo‘lmaydi.                                                                                              Yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki murakkab va tahlikali zamonda milliy qadriyatlarimizga yot g‘oyalar, yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli xurujlar tobora kuchayib bormoqda.Bunday vaziyatlarda ma’rifatning inson hayotida turli g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qiluvchi eng muhim vosita ekanligi yanada o‘z isbotini topib bormoqda. Buyuk shoir mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek: “Har ishniki qilmish odamizod, tafakkurla bilmish odamizod”. Ya’ni inson tafakkur, ma’rifat orqali o‘z hatti-harakatlarini amalga oshiradi. Ma’rifatga, tafakkurga asoslanmagan har qanday harakat befoyda harakat demakdir. Unda farzand o‘zining manan qashshoqligi tufayli jaholat botqog‘iga botishi, ya’ni boylik ilinjida o‘z padari buzrukvorining joniga qasd qilishi padarkushga aylanishi hayotiy misollar orqali ko‘rsatilgan. Jaholat-bu so’zni eshitgan zahotiyoq qorong’ulikni ko’rgandek, yuragimiz esa ovchi qo’ygan tuzoqqa tushgan qush kabi xavotir pitirlab qoladi. Bilasizmi, bu titroq qo’rquvdan emas, balki jaholat insoniyat yovuzligining naqadar tubdan ifodasini anglatishdan dahshatga tushasan kishi! Mana shunday jaholatning qurbonlari, taassufki, bugungi porloq zamonning ertasi bolgan kelajak avlodning ildiziga bolta urmoqchi bo’layotgan manqurt kimsalardir.

 

                               Bugun dunyo ahli ko‘rdi ko‘p sitam,

                               Jaholat bizlarga berda qayg‘u ham

                               Nur bordurki, doim bo‘lur soya ham

                               Ma’rifat-bu botqoqqa sanalur malham

 

         Ma’rifatdir, demak, jaholat shifosi axir har narsaning bo‘lur davosi. Ma’rifatli inson baxtin topadi albat.Mening nazarimda inson uchun birinchi baxt, bu hayotga hazrati inson bo’lib kelish baxti bolsa, ikkinchi baxt mustaqil Vatanning ertasi bo’lib yashash baxtidir.Xalqimiz ma’naviyatiga qarshi qaratilgan har qanday tahdid va tajovvuz bevosita mustaqil yurt xavfsizligiga uning milliy manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek: “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”. Dunyo sahnida yuz berayotgan har bir jarayon bevosita barcha davrlar uchun ham daxldorligi bugun hech kimga sir emas. Shu ma’noda ogohlik davr talabi bo‘lishi bilan birga, turli xil yot va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakillantirish, fuqarolik jamiyatini shakillantirishga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, yoshlar ongida muhtaram birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “G‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat” kabi tushunchalarni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb ettirmoqda. Ma’rifatga har qadamda jaholat to‘siq bo‘lishini hayotiy misollar orqali ham anglamoqdamiz. Demak, birinchi to‘siq – jaholat. Jaholatga qarshi esa faqat ma’rifat bilan kurashish lozim.

     Ma’rifatga esa izohli lug‘atimizda “Kishilarning ong-bilimini, ma’daniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya”, deyilgan. Demak, jaholat bilan ma’rifat bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini siqib chiqaradigan tushunchalardir. Ma’rifat insonni doimo to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ma’rifat kimgadir ko‘z-ko‘z qilinadigan, ortida qandaydir ta’ma yashirin bo‘lgan narsa emas. Jaholat kabi kuchlarga doim ma’rifat qarshi chiqa oladi. Chunki, ma’rifat-to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kuch. Ma’rifat – insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidir. Sovet tuzumida ko‘pgina xalqlarni ma’naviyatga chorlagan bobolarimiz o‘ldirilgan. Ular yomon ishlari uchun emas, balki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashganlari uchun otib o‘ldirilgan. Masalan, Abdulla Avloniy bobomizning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir.” Bu chuqur ma’noli so‘zlarning tagida qanchadan-qancha ma’no-mazmun yotibdi. O‘zbek adabiyoti namoyondalari asarlarining ko‘pchiligida jaholatga qarshi kurash ifodalangan. Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Hikoyada Sotiboldining xotini bemor-xasta najotga zorligi tasvirlangan bo‘lsa-da, aslida butun jamiyat bemorligi, insonlarning ong-u shuurini jaholat qamrab olganligi yaqqol bilinib turibdi. Barchamizga ma’lumki, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishda ma’rifatning o‘rni beqiyos. Zero, inson ota-bobolaridan me’ros bo‘lib qolgan milliy qadriyatlar, an’analar, boy ma’daniy merosni o‘rganish orqaligina o‘zligini anglaydi, buzg‘unchi g‘oyalardan bunyodkor g‘oyalarni ajrata oladi. Ammo afsuski, tengdoshlarimiz orasida bilib- bilmay turli aldov, yolg‘on va’dalarga uchib, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar ham uchrab turadi. Achinarlisi esa ular elu-yurt, ota-onasi, Vatani koriga yarashdek vazifalarni unutib, o‘z kelajaklariga bolta urmoqdadar. Mamlakatimizda yoshlarga yuksak e’tibor berilayotgan bir paytda, ayrim tengdoshlarimning bunday hatti-harakatlarini noshukurlik deb baholagan bo‘lardim. Muhtaram birinchi prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deganlar: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamlarning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.” Agar biz ongli ravishda har qanday xurujlarga qarshi o‘zimizda “G‘oyaviy immunitet” hosil qilsak hech qanday kuch bizni yenga olmaydi. Aynan ilm, ma’rifat insonni komillikka yetaklaydi. Komil inson esa faqatgina ezgu fikr, ezgu o‘y va ezgu amal bilan yashaydi.“Ko‘zi ojizga o‘qish imkonini bering u insoniyat tafakkurining eng buyuk, eng g‘aroyib yutuqlarini his etishga qodir” degan edi nemis yozuvchisi A.Krogius. Hatto so‘qir ko‘zi bilan ilmga, ziyoga intilayotgan insonlar bor dunyoda, ko‘zi ochiq – qalbi ko‘r bo‘lgan manfur kimsalarning bo‘lishi achinarli, hamma ularga qarshi insoniyatda eng qudratli qurol-ma’rifat mavjudki u orqali inson o‘zining hayvonotdan ustunligini isbotlagan. Ma’rifatning nuri bilan inson o‘zining qorong‘u yo‘lini ham yoritishga qodir. Diniy va dunyoviy bilim bilan yoritilgan ta’lim-tarbiyamiz biz yoshlarni har qanday johillikka qarshi kurasha oladigan immunitet bilan -g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoqqa chog‘langan. Bugungi taraqqiyot kishilar dunyoqarashini tubdan o‘zgartirgan. Ilgari o‘zbek xalqi o‘z o‘tmishidan ko‘ra zamonasi tarixini yaxshi bilardi. Bugun esa aksincha. Zamonani anglashga bo‘lgan ishtiyoq hech qachon so‘nmasligi kerak. Shundagina fikrlashimiz dunyoqarashimiz kengayib boradi. Ma’rifatparvar yurtimga bo‘lsin ko‘p olqish, doim bahor, yoz bo‘lsin u bo‘lmasin qahraton qish. Ma’rifatda yurtimiz doim peshqadam uhaqdagi satirlarim xayolimga keldi shu dam:

                           Ma’rifat-ezgulik, bu chin haqiqat

                           Boylik kerak emas, ma’rifat davlat

                           Navoiy, Bobirdan olaylik ibrat,

                           Tinch, osuda yashaymiz shunda toabad.

So‘zimni yakunlar ekanman Vatanimning naqadar go‘zalligiga, obod ekaniga, adolat me’zonlariga tayangan holda barpo bo‘lganiga yana bir karra shohid bo‘ldim va notinch zamonda tinch yashayotganimizga beadad shukrunolar aytdim.

Azizlar, hamisha bo‘laylik ogoh, jarlikka qulab tushmaylik nogoh. Ogohlik bor yerda o‘sish ham, rivojlanish ham, yuksaklik ham-bular barchasi, hamisha yashnab turar yashin archasi, ogohlik sanalur ko‘ngil parchasi. Ogohlik ham hayot maktabidir, zero ogohlik davrimizning eng katta muhim talabidir.

 

Alpamis Hamidullaev,

NDPI ning Fizika-Matematika fakulteti “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” 2-B FAOM talabasi.