O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 4-bosqich talabalari amaliyotda
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 4-bosqich bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari o’z yashash hududlariga pedagogik amaliyot o’tash uchun ikki oy muddatga safarbar qilingan. Ularga o`zbek tili, o`zbek adabiyoti kafedrasining tajribali pedagog-xodimlari doimiy ravishda o’z maslahat, taklif va tafsiyalarini (onlayn) berib bormoqda. Amaliyot davomida talabalar, jumladan, Isoqulov Abdulla, Qodirov Umid, Sobirova Qunduz, Soatboyeva Oftobxon, Qodirova Gulshan, Sagatova Dilrabo, Eshimbetova Fotima, Jabborberganova Gulhumor, Maqsadboyeva Umida, Shomuradova Yulduz, Razzoqberganova Oltinoy, Nortojiyeva Nargiza, Rahimboyeva Yulduzlar maktab ma’muriyatlari tomonidan faol talabalar qatorida e’tirof qilinib kelinmoqda. Biz o`qituvchilar ham ushbu talabalarni eng faol talabalar qatorida faxr bilan, pedagogik ish faoliyatlarini munosib baholaymiz albatta.
Sagatova Dilrabo – hozirda Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi. Ayni kunlarda oʻquv amaliyotida. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 28-umumta’lim maktabida amaliyot olib bormoqda. Bugun 5-“A” sinfga adabiyot darsidan Abdulla Avloniyning “Chin do‘st”, “Yolg‘on do‘st” hikoyalarini o‘qish, tahlil qilish mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi. Oʻquvchilar bilan birgalikda turli usullar, oʻyinlar orqali darsni olib bordi. Dars davomida “Evristik dialog”, “Yillar so’zlaganda”, “Suhbat”, “Do’st izlayman” kabi metodlardan foydalandi. Dars ajoyib tashkil qilingani ma’lum…
Bundan tashqari Xorazm viloyati Xonqa tumani 39-son umumta’lim maktabida amaliyot o’tayotgan 4 -kurs talabasi Qodirov Umidbek ham ustozlardan olgan bilimni muvaffaqiyatli amalda qo’llamoqda. Talabamiz mashhur yozuvchi, shoirlar bilan ZOOM dasturi orqali jonli darslar tashkillashtirib maktab ma’muriyatidan maqtovlar eshitishga erishmoqda.
Umuman olganda, amaliyotdagi barcha talabalar sinf rahbarlari bilan ishlashni, tajribali o`qituvchilardan bilim o`rganish sirlarini, ma’rifiy-tarbiyaviy soatlar tashkil qilishni ham o’rganishda davom etmoqdalar…
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo`lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o`rgatish, ularni komillikka erishishi yo`llarini, qonun qoidalarini izlaganlar. Zero, insonni ma’rifat va ma’naviy komillikka erishishi ustozlardan o`rganilgan tajriba va mashqlarda, toblanishlarda, mashaqqatli mehnatda ular yetakchiligida amalga oshiriladi
O`zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti F.D.Sapayeva