AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Institutimiz talabalari «Munozara» intellektual turnirining Respublika final bosqichiga yoʻllanma oldi

7-9-iyun kunlari Xiva shahrida «Munozara» intellektual turnirining mintaqaviy saralash bosqichi boʻlib oʻtti.

 

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan shakllantirilgan 12 ta jamoa belgilangan mavzular asosida bellashdi.

 

Turnirning mintaqaviy saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, 12 ta jamoa orasidan eng kuchli 4 ta ya’ni, Xorazm viloyatining «Al-Xorazmiy», Qoraqapogʻiston Respublikasining «Shilpiq» hamda Buxoro viloyatining «VVV» va «Wolves» jamoalari «Munozara» turnirining Respublika final bosqichiga yoʻllanma oldi.

 

«Shilpiq» jamoasi tarkibida institutimizning pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi Ilyasov Tursinbay va fizika-matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Barlikbaeva Saera faol ishtirok etti.

 

Talabalarimizga Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.

 

Nukus DPI matbuot xizmati