Vazir oʻrinbosari institutda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov bugun, 16-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Safar doirasida vazir oʻrinbosari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Dastlab ayni paytda rekonstruksiya ishlari davom etayotgan 600 oʻrinlik talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, yoshlar uchun dam olish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ovqatlanish, shuningdek, boshqa da sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar boʻyicha institut rektori B.Otemuratov hamda boshqa mutasaddilar bilan fikr almashdi va tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, S.Buzrukxonov yangidan qurilayotgan institut bosh binosining qurilish ishlarini borib koʻrib, qurilishni belgilangan vaqtda sifatli qilib yakunlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Nukus DPI matbuot xizmati.