Vazir oʻrinbosari Yusuf Absoatov Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

Bugun, 13-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari Yusuf Absoatov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Vazir oʻrinbosari dastlab institutning 600 oʻrinlik talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Bu yerda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarni koʻzdan kechirib, oʻz takliflarini berdi.

Bundan soʻng institutning kichik majlislar zalida prorektorlar hamda fakultetlar dekanlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Prezidentimiz rahbarligida oliy ta’lim sohasida jahon standartlariga javob beradigan, sifatli ta’lim tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyati har tomonlama muhokama qilinib, bugungi kunda sohada oʻrin olayotgan muammolar va ularning yechimi borasida takliflar berish masalasi soʻz etildi.

Nukus DPI matbuot xizmati.