Nukus DPIga «super kontrakt»ga ariza topshira olmay qolgan abituriyentlar uchun imkoniyat!
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2021-2022-oʻquv yili uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida tabaqalashtirilgan toʻlov kontrakt («super kontrakt» asosida oʻqishni xohlovchi, ammo belgilangan vaqtgacha (1-oktabr) ariza topshira olmagan abituriyentlar institutning Qabul komissiyasiga kelib murojaat qilsa, ularni onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtkazish ta’minlanadi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur toifadagi abituriyentlar https://t-kontrakt.edu.uz/ sayti orqali boshqa joylardan onlayn tarzda hujjat topshirishi cheklangan. Shu tufayli, institut Qabul komissiyasiga tez fursatlarda fuqarolik pasportlari bilan kelib murojaat qilishini soʻraymiz.
Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, bu faqat «super kontrakt»ga umuman ariza topshira olmay qolgan abituriyentlarga tegishli.
Manzil: Nukus shahri, Pirjan Seytov koʻchasi raqamsiz uy (oldingi Gidromeliorativ kollej). Moʻljal: 26-kichik tumani hududidagi kichik bozor.
Nukus DPI qabul komissiyasi.