AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

“Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida tashkil qilingan “Targʻibot poyezdi” Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida

Joriy yilning 14-oktabr kuni institut talaba-yoshlari bilan Toshkent shahridan kelgan targʻibot guruhi a’zolari bilan birgalikda turkum uchrashuvlar tashkil qilindi. Jumladan:

– Toshkent shahridan kelgan bir guruh mehmonlar tomonidan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Targʻibot poyezdi” loyihasining mazmun-mohiyati, shuningdek, talabalarga saylov qonunchiligi va siyosiy yangiliklar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berildi;

– «100 ta savolga 100 ta javob» kitobi asosida institut talabalari, magistrantlari tomonidan institut #NMPI_studentleri, #Saylaw_2021, #Keleshegiń_ushın_dawıs_ber xeshteglari ostida, Ndpi.uz rasmiy veb-sayti hamda  telegram kanallari, YouTube tarmogʻi hamda boshqada nufuzli ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan “Men yosh saylovchiman. Kelajagim uchun ovoz beraman!” mavzusidagi ishlangan 60 dan ziyod videoroliklar taqdimoti oʻtkazildi;

– shu kuni #Saylaw_2021, #Keleshegiń_ushın_dawıs_ber xeshteglari ostida institut talabalar kengashi va «Kelajak liderlari» klubi a’zolari J.Аbdirova va G.Каlbayevalar talaba-yoshlarga 24-oktabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan «Mening ovozim ahamiyatli, yurtimiz kelajagi uchun ovoz beraman!» mavzusidagi seminar-trening tashkil qilindi;

– shu kuni soat 14:00 da institut majlislar zalida talaba-yoshlar orasida saylov jarayonlaridagi yangiliklar, saylovlarda yoshlarning oʻrni va bu jarayonning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida “Yoshlar kelajagi uchun ovoz beramiz” mavzusida 5 ta siyosiy partiyaning faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Mehmonlar ishtirokidagi mazkur tadbir qizgʻin savol-javoblar asosida oʻtdi. Faol ishtirokchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari berildi. Uchrashuv konsert dasturi bilan davom etdi;

– shu kuni soat 15:00 da  Toshkentdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida, 24-oktabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan fakultetlararo talabalar orasida sportning mini futbol turidan musobaqaga start berildi;

– shuningdek, soat 16:00 da institut fakultetlararo talabalar oʻrtasida “Saylov bilimdonlari” zakovat  intelektual oʻyini oʻtkazildi. Mazkur oʻyinda institut fakultetlaridan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyin oxirida mehmonlar ishtirokida gʻoliblar aniqlanib, barcha jamoalarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari, oʻyin natijalariga koʻra yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan 3 ta jamoaga esa, institut tomonidan planshet sovgʻa qilindi.