AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi tashabbusi bilan institut professor-o‘qituvchilar va talabalari o‘rtasida «Gender tenglik, odob-axloq masalalari» va «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish» mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi S.B.Bekchanova, «Koʻkoʻzek» MFY raisi o‘rinbosari G.Tangribergenova, institut psixologi S.Sobirova, institut tarbiyachisi R.Xudyarova, fakultetlardagi dekanning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonida talaba-qizlarning odob-axloq qoidalariga, kiyinish, so‘zlashish madaniyatiga rioya etish shartlari, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar berildi.

Tadbirni S.Bekchanova kirish so‘zi bilan ochib, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy-maishiy zo‘ravonlikni profilaktika qilish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarni yoritib berdi va bu qonunga rioya etmagan aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob berishlari lozim bo‘lishi alohida ta’kidlandi. «Koʻkoʻzek» MFY raisi o‘rinbosari G.Tangribergenova gender tenglik hamda xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadidagi «Himoya orderlari» haqida keng qamrovli ma’lumot berdi.

Institut psixologi S.Sabirova talaba-qizlarga har qanday vaziyat va holatlarda stress-tushkunlikka tushmaslik yo‘llari haqida psixologik maslahatlar berdi.

Tadbir davomida qizlar mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.