Buyuk yurtga munosib farzand

Sayyoramizning ertangi kuni, faravonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z  salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining  72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga ajratayotgan keng imkoniyatlaridan unumli foydalanayotgan, tinib-tinchimas, o‘qish, izlanishlardan charchamaydigan, o‘z bilimi, tirishqoqligi bilan o‘z tengdoshlaridan anchagina oldinlab ketgan yosh olim Ixtiyorbek Norov 1996-yil Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. Xalqimizda shunday gap bor “Bo‘lar bola boshidan ma’lum”, huddi shunday, bu gap bekorga emas. Ixtiyor akaning erishgan yutuqlarining boshlanmasi maktab davrlardan boshlangan desak sira adashmaymiz. U o‘sha davrlarda “Orolni qutqarish” BioEkosan ko‘rik tanlovida  viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Fan Olimpiadalarning tuman bosqichlarida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan va ustozlar mehriga sazovor bo‘lgan. “Mustaqillik bilimdonlari” ko‘rik tanlovining final bosqichida ikkinchi o‘rinni  qo‘lga kiritgan. U yosh bo‘lishiga qaramasdan izlanishlardan, mehnat qilishdan to‘xtamagan. Yosh olim maktabni imtiyozli ravishda tugatib, kollejda ham o‘z tengdoshlarida kitobga bo‘lgan mehri, bilimga chanqoqligi va sira izlanishlardan to‘xtamasligi bilan ajralib turgan. Yosh bo‘lishiga qaramasdan 2014-2018-yillarda Sherobod tumanidagi “Sherobod hayoti” gazetasida jamoatchi muhbir sifatida, Bahor mahallasida “Ma’naviyat va marifat” bo‘lim maslahatchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

 Ixtiyorbek Norov bugungi kunda Nukus davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi. O‘qish davridagi faoliyatini olib qaraydigan bo‘lsak “Yoshlar ittifoqi”da Markaziy talabalar Kengashi a’zosi, Fakultetimizning Talabalar Kengashi raisi 40 dan ortiq ilmiy va publisistik maqola va tezislar muallifi, O’zbek tili va kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh metodist” ilmiy to‘garagi a’zosi, “Ilmiy salohiyat” ilmiy to‘garagining asoschisi sifatida ko‘pgina sohalarda faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda fakultetimizda iqtidorli talabalar qatorida “Til ta’limni raqamli texnalogiyalar bilan uyg‘unlashtirish:ona-tili fanidan yangi avlod o‘quv metodik majmualar yaratish” muammosi doirasida ilmiy-innovatsion guruh tarkibida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 Izlanuvchan yosh olim o‘zi boshchilik qilayotgan Talabalar Kengashi qoshida ilmiy va publisistik sohalar bo‘yicha talaba yoshlarga maqola va tezislar yozish sirlari va yo‘l-yo‘riqlarini charchamasdan o‘rgatib kelmoqda.

 Ixtiyor aka insititut ko‘lamida, respublikamizda ko‘plab o‘tkazilgan tadbir, tanlov va forumlarning ilg‘or ishtirokchisi  desak adashmaymiz. Tashkilotchimiz olib boradigan Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari mavzusida Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanda qilgan ma’ruzalari qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

 Talabalik yillarning bir soniyasi ham bekorga ketmagan 2020-yil MDH davlatlari o‘rtasida o‘zkazilgan ko‘rik tanlovda Filologiya sohasi bo‘yicha  “Yilning eng yosh olimi-2021” tanlovida g‘olib bo‘lib, tanlovning oltin medalini qo‘lga kiritgan. 2021-yil 17-18-aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkazilgan “Biz yoshlar kelajak tayanchi” shiori ostida o‘tkazilgan “AEGIS” yoshlar forumida “Eng yaxshi loyiha” tanlovida g‘alabani qo‘lga kiritgan. Shu yili may oyida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak yoshlari” forumida “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” tanlovida g‘alaba qozongan, shu yil Nukus shahrida o‘tkazilgan Bo‘zatov yoshlar festivalida ham faol ishtirok etdi. Bilimga chanqoq Ixtiyor aka Moskvada tashkil qilingan Xalqaro Lingvistlar (Erudit-onlayn) tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oldin medali sohibi bo‘ldilar.

 Muhtaram Prezidentimiz bekorga kelajak yoshlar qo‘lida demagan bugungi kunda biz yoshlarga juda ko‘p imkoniyatlar eshigi ochilgan Ixtiyor aka bundan unumli foydalaniyotgan, ilg‘or yoshlardan biri bu yil Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Mustaqilligimizning 30-yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.  

2021-yil O‘zbekiston bo‘yicha ilmiy saloyihatni oshirish va jahon hamjamiyati Ilmiy tizimlariga nisbatan raqobatbardosh tizim ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdalar, bu harakatlar natijasida SCIENCE BOX (Ilmlar qutisi) nomli ilmiy jurnallar tizimiga asos solindi. O‘tgan 6 oy davomida yosh olimimizning jurnallari mamlakatimiz bo‘yicha eng nufuzli jurnallar qatoridan o‘rin egalladilar.  Bu bilan chegaralinib qolmasdan Ixtiyorbek aka endigi maqsadi Jahon darajasida eng kuchli Top jurnallar qatoriga kirishga harakat qilayotgainini aytib bergan edilar.

 Yaqindagina bo‘lib o‘tgan, ya’ni 2021-yil noyabr oyida Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan Mustaqil davlar hamdo‘stligi davlatlari orasida “Yilning eng yaxshi pedagogi-2021” tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritib, tanlovning Oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Bu hammasi Ixtiyor akaning tinib-tinchimasligi, mehnatlari samarasidir.

 “Ushbu vatanda yashar ekanmiz har birimiz shu vatan uchun uning porloq kelajagi uchun tinmay birga bir kuch bo‘lib harakat qilishimiz ajdodlarimizga, ular tashlab ketgan merosga yarashadigan, ularning ishonchini oqlaydigan farzand bo‘lishimiz kerak” deydi yosh olimimiz.

Maxsuda Utepova,

Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.