AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Xushxabar! Nukus DPI akademik litseyi oʻquvchisi Jahon kubogi musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Toshkent shahrida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Qizlar oʻrtasida sablya yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan jamoaviy musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 1-oʻrinni egalladi.

Quvonchlisi, terma jamoa tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi oʻquvchisi Gulistan Perdebayeva asosiy tarkibda tushib, Jahon kubogining oltin medalini qoʻlga kiritishda munosib hissa qoʻshdi.

Dastlab Misr jamoasini 45:21 hisobida magʻlub qilgan qizlarimiz yarim finalda bolgariyalik raqibalaridan 45:36 hisobida ustun keldi. Finalda kutilganidek Rossiya terma jamoasi bilan Jahon kubogi oltin medallari uchun kechgan murosasiz bahslarda oʻzbekistonlik qizlar 45:36 hisobida gʻalabaga erishib, Jahon kubogi oltin medallarini qoʻlga kiritdi.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, Nukus DPI akademik litseyi oʻquvchisi Gulistan Perdebayeva qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni koʻrsatib kelayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

Nukus DPI matbuot xizmati.