Nukus DPI rektori Bayram Otemuratovning «Ta’lim va ilm-fan rivoji Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda muhim oʻrin tutadi» nomli maqolasi «Eng yaxshi maqolalar» tanlovi gʻolibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi organi «Xalq soʻzi» gazetasining 2021-yil 3-dekabrdagi sonida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori, fizika-matematika fanlari doktori Bayram Otemuratovning «Ta’lim va ilm-fan rivoji Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda muhim oʻrin tutadi» nomli maqolasi chop etildi.

Mazkur maqola «Xalq soʻzi» va «Народное слово» gazetalari tahririyati tomonidan 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan «Eng yaxshi maqolalar» tanlovi gʻoliblari qatorida e’tirof etildi.

Maqolani PDF formatda oʻqish uchun gazetani yuklab oling