AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida onlayn seminar-trening tashkillashtirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi dots. S.Bekchanova tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni maqsadi va mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar-trening tashkillashtirildi.

Ma’lumki, 2022-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni tasdiqlandi. Shu munosabat bilan tizimdagi xotin-qizlarga, xususan, institutimiz pedagog-xodim ayol-qizlari, talaba-qizlariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini aniq idrok etish va amalda joriy etishga kamarbasta bo‘lish mas’uliyatini yana-da kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-fevral sanasida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar-trening tashkillashtirildi.

Ushbu seminar-treningni institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanova ochib berdi va ishtirokchilarga “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi mazkur Prezident Farmoni muhokamasi maqsadi va mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. Seminar-trening qatnashuvchilari, asosan, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilaridan iborat bo‘lib, ular tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shundan so‘ng, mazkur 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsad va vazifalariga doir slaydlar jamlanmasi Tarix fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, dotsent Z.P.Seitova tomonidan taqdimot qilindi. Yig‘ilish davomida savol-javoblar, qiziqarli munozara va tavsiyalar muhokama qilindi hamda mazkur Farmon mohiyatini har bir fakultet talabalariga sifatli va tizimli yoritib berish mas’uliyati fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilariga yuklatildi.

Seminar-trening davomida, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanova, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ilm-fan sohasida izlanayotgan talaba qizlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, yosh olima qizlar tajribasini ommalashtirish, ularning ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib-borishlari uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha bir qancha fikr va tavsiyalar bildirdi hamda maqsadimiz: “Talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek, ayollarning huquq va imkoniyatlari, xususan, yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat”, – ekanligini alohida ta’kidladi.