AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil toʻlishi munosabati bilan onlayn mushoira tashkillashtirildi

Ajiniyoz nomidagi NukusDPI Oʻzbek adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Nihol” ilmiy-adabiy toʻgaragi rahbari N.Allambergenova tomonidan 9-fevral – Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil toʻlishi munosabati bilan (30-yanvar – 9-fevral oraligʻida) onlayn mushoira tashkillashtirildi.

Mushoira toʻgarakning Telegram kanali orqali tashkil qilindi va unda Turkiy tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti hamda oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili yoʻnalishi talabalari: Sadoqat Yuldasheva, Malohat Bazarbayeva, Gulsara Otamuradova, Alisher Xushanov, Azizbek Elmurodov, Bahodir Jovliyev, Kimyoxon Andaqulova, Gulbahor Bazarbayeva, Rayxonoy Hojiyeva, Ferangiz Baxtiyarovalar munosib ishtirok etishdi.

Mushoira ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan videoroliklarni kafedra pedagog-xodimlaridan iborat komissiya a’zolari bir qancha mezonlar asosida quyidagicha baholadilar:

I OʻRIN – Yuldasheva Sadoqat (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-kurs talabasi);

II OʻRIN – Bazarbayeva Malohat (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-kurs talabasi), Xushanov Alisher (Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili yoʻnalishi 3-kurs talabasi), Hojiyeva Rayxonoy (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs talabasi);

III OʻRIN – Otamuratova Gulsara (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-kurs talabasi), Andaqulova Kimyoxon (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs talabasi), Elmurodov Azizbek (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs talabasi).

Nodira Allambergenova,

“Nihol” ilmiy-adabiy toʻgaragi rahbari.