AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Institutda «O‘zLiDeP lider ayol-qizlari va yoshlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogoka instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligi va rolini orttirish bo‘limi tomonidan “Tadbirkor boy bo‘lsa – mamlakat, xalq boy bo‘ladi” shiori ostida «O‘zLiDeP lider ayol-qizlari va yoshlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni NukusDPI rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, dots.S.Bekchanova ochib berdi va boshqarib bordi.

Dastlab Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat boshligʻi, Joqargʻi Kenges deputati Sharap Otemisov soʻz olib, bugungi tadbirning mazmun-mohiyati haqida gapirar ekan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligi va rolini orttirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

 

Nukus shahridagi “Ratmina” mehmonxonasi rahbari Amina Bekjanova turizm sohasida bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda olib borilayotgan ishlar va bu jarayondagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashar ekan, inson qaysi kasbni tanlamasin, maqsadni aniq qo‘ya bilish va unga aniq reja asosida harakat qilish kerakligi haqida gapirib, aniq maqsad yo‘ligagi qiyinchiliklarga shunchaki jarayon deb yondashish va maqasad sari sobitqadamlik bilan davom etish lozimligi haqidagi o‘z qarashlarini bayon qildi.

Sayohat mavsumida ekskursovod va gid kasblariga ehtiyoj ortishini bu jarayonda agar xohishlari bo‘lsa, talaba-qizlarni ham ishga ilish mumkinligi haqida taklif bildirdi.

Kegeyli tumani “Orzu” fermer xo‘jaligi rahbari Palzada Saliyeva fermerlik faoliyati yuzasidan tayyorlangan videorolikni namoyish qildi va o‘zi boshqarayotgan fermer xo‘jaligi faoliyati haqiga gapirar ekan, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. “Yil ayoli-2021” ko‘rik tanlovida respublikada birinchi o‘rinni olganligi va prezidentimizning maxsus sovg‘asi “Lacetti” avtomashinasini qabul qilib olgani va bu jarayondagi hissiyotlari bilan o‘rtoqlshdi. Respublikamizda tadbirkor va fermerlarga berilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilyatgan g‘amxo‘rliklardan mamnunligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Nukus shahridagi “Ziyada-Nur” o‘quv markazai rahbari Ziyada Utenazarova so‘z olib, tadbirkorlik faoliyatida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida fikrlarini bayon qildi. Bugungi kunda o‘quv markazi faoliyati va uni boshqarish sirlari bilan o‘rtoqlashdi va barcha tumanlarda markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidlar ekan, talaba-qizlarni o‘quv markazi va uning filiallariga ishga taklif qildi.

Tadbir davomida pedagog-xodimlar va talaba-qizlar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va Amina Begjanova, Palzada Saliyeva, Ziyada Utenazaroavalardan munosib javoblar olishdi.

Tadbir davomida fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari Zuhra Seyitova, Liza Ibragimova, Feruza Sapayeva, Dilafro‘z Qurbonboevalar o‘tkazilayotgan tadbir va bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir yakunida S.Bekchanova mehmonlarga va ishtirokchilarga chuqur minnatdorchilik izhor qildi hamda talaba-qizlarni bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

N.Allambergenova,

Xotin-qizlar maslahat kengashi kotibasi.