AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Nukus DPIga maqsadli qabul parametrlari asosida talabalikka tavsiya etilgan oʻrta maxsus diplomga ega oʻqituvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022-yil 3-fevraldagi 12-son bayoniga asosan 2021/2022-o‘quv yilida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining «Pedagogika» ta’lim yoʻnalishlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘rta ma’lumotli pedagoglar institutning qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi soʻraladi:

– Oʻrta maxsus diplomning asl nusxasi ilovasi bilan;

– 4 dona pasport nusxasi;

– 3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 8 dona fotosurati;

– Toʻplagan bali koʻrsatilgan DTM qogʻozi;

– Abituriyent ruxsatnomasi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun telefon: +99891 393 59 75

Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri 26-kichik tumani P.Seytov koʻchasi raqamsiz uy. Nukus DPIning 6-sonli oʻquv (sirtqi boʻlim) binosi.

Talabalikka tavsiya qilinganlarning toʻliq roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://uzedu.uz/uz/maktablarda-faoliat-yuritaetgan-537-nafar-urta-mahsus-malumotli-uqituvci-talabalikka-tavsia-etildi

Nukus DPI matbuot xizmati.