Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila – muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi
Institutimizning Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi, “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragi rahbari Feruza Sapayeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanova ochib berdi va yoshlarni oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash va ularni estetik madaniyatga chorlash masalalari boʻyicha gapirdi.
Tadbirda tilshunos-olima, Ustoz va ibratli oila bekasi Alima Pirniyazova “Oila – muqaddas qoʻrgʻon” mavzusida mushohadaga boy hayotiy misollar asosida oʻz turmush tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda psixologlar: Amina Temirbekova, Zamira Ilyasovalar, shuningdek fakultetimiz yosh adabiyotshunos-olimasi Shaxsanem Kenesbayevalar ham oʻz hayotiy tajribalari, ibratli mulohazalari bilan faol qatnashdilar. Tadbirda oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman millatiga xos boʻlgan milliy oilaviy an’ana va qadriyatlar, oilaning muqaddas qoʻrgʻon ekanligini aks ettiruvchi qiziqarli hayotiy voqeliklar, savollar va mulohazalar, tajriba va yechim asosiy mezon boʻldi.
Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, yoshlarni oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash va ularni estetik madaniyatga chorlash, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek yoshlarni axloqiy va estetik madaniyatga chorlash, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
Ushbu davra suhbati talabalar tomonidan yuksak baholandi, ular tadbir tashkilotchilariga murojaat qilib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, xususan buni ular orasidagi bahs-munozara, savol-javob, hayotiy voqelikka bogʻlash orqali tushunish, ajib disskus-suhbatga aylanib ketishini alohida e’tirof qilish mumkin.