Хorijiy mamlakatga amalga oshiriladigan xizmat safari haqida ma’lumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 2909-sonli qarorida oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleksni rivojlantirishda har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy ta’tqiqot markazlari va ta’lim muassasalari bilan yaqin xamkorlik aloqalarini oʻrnatish eng muhim vazifalar sifatida qayd etilgan.

Rossiya Federatsiyasi Kazan shaxridagi Kazan federal universitetida 2022-yil 25-27-may kunlari oraligʻida Nukus davlat pedagogika instituti rektori Otemuratov Bayrambay boshchiligidagi delegatsiya «VIII Xalqaro pedagogik ta’lim yoʻnalish forumi»da (IFTE-2022) ishtirok etish va TOP-1000 talikdan joy olgan pedagogika yunalishi buyicha yetakchi universitetlar qatoridagi Kazan federal universiteti bilan xamkorlikni yulga qoʻyish maqsadida oldindan kelishuv asosida Hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilgan.

Mazkur kelishuvda hamkorlikda seminar, vebinar va ilmiy konferensiyalar tashkil etilishi, birgalikda darslik va oʻquv qullanmalar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, institut uchun magistrant va doktorantlar tayyorlash va hamkorlikning kelgusi bosqichida qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy etish, pedagog xodimlarning stajirovka oʻtashi, malakasini oshirishi, magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul qilinishi, talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish kabi masalalar nazarda tutilgan.

Qozon shahrida oʻtkaziladigan «VIII Xalqaro pedagogik ta’lim yoʻnalish forumi»da (IFTE-2022) ishtirok etish uchun NukusDPI delegatsiyasi joriy yilning 25-27-may kunlari Qozon shahriga xizmat safari rejalashtirilgan.