Zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi
![]() |
kafedra mudiri: | b.f.f.d., PhD. doc Berdibaev Abat Sultamuratovich |
Tel.: | +99891 370 62 43 | |
e-mail: |
Zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin Respublikada maktab o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 1990-1991 o‘quv yilida Nukus davlat pedagogika instituti faoliyati qayta jonlantirildi va shu o‘quv yilida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetida Tabiatshunoslik kafedrasi tashkil etilib, uning mudiri etib Q.Qayipbekov, (1991) va B.Xabipovlar (1992) tayinlangan.. Fakultetning rivojlanib, kengayishi, bakalavriat yo‘nalishlarining o‘zgarishi bilan kafedra nomlari bir necha marta bir-biriga biriktirilib yoki ajratilib, Tabiatshunoslik (1991-1993), Zoologiya, Botanika, Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, Biologiya, Zoologiya, Botanika va Biologiyani o‘qitish metodikasi (1993-2010) bo‘lib o‘zgartirildi. Bu yillari kafedraga A.Utambetov, B.Allamuratov, Sh.Allamuratov, A.Matchanov, K.Seypullayev, S.Mambetullaeva, F.Otenova, R.Xalmuratovalar rahbarlik qildi. 2010-2012-yillar oralig‘ida kafedra Zoologiya va tibbiy bilim asoslari nomiga o‘zgartirilib unga b.f.n. dotsent Sh.Allamuratov rahbarlik qildi. 2012-2016-yillar oralig‘ida kafedra nomi Zoologiya kafedrasi etib o‘zgartirilib, unga b.f.n. Q.M.Atanazarov rahbarlik qildi. 2016-2017-yillar oralig‘ida esa kafedra nomi Biologiya o‘qitish metodikasi deb o‘zgartirilib, unga b.f.n. dotsent M.Baltaboev rahbarlik qildi. 2017-2018 yillar oralig‘ida Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasiga b.f.n. dotsent F.T.Otenova rahbarlik qildi. 2018-2019 yillarda kafedra nomi Zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasiga o‘zgartirilib, unga b.i.k. dotsent Sh.Allamuratov rahbarlik qildi. 2019-2023 yillarda ushbu Zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga b.f.d., PhD dotsent U.Kudaybergenova rahbarlik qilgan bo‘lsa, 2023-yil 9-sentyabr sanasidan boshlab Zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga b.f.f.d. PhD, dotsent A.S.Berdibaev rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda Zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida 2 b.f.d. professor B.Allamuratov, A.Saparov, 1 b.f.n. dotsent J.Saparbaev, 2 b.f.f.d. PhD. dotsent A.Berdibayev, M.Tadjibayeva, 1 p.f.f.d. PhD. dotsent v.a. A.Turekeeva, b.f.f.d. PhD. B.Kalilaeva, 2 katta o‘qituvchi E.Sultanov, L.Romanova, 6 assistent o‘qituvchi G.Otenova, G.Paluanova, J.Ubbiniyazova, A.Eshmuratov, A.Bektursinov F.Mamutova bakalavr yo‘nalishi talabalari va magistrantlarga o‘z bilimlarini berib kelmoqda. Kafedraning ilmiy darajasi 46,6%.
Kafedrada 60510100 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70510105 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi magistrantlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning ilg‘or metodlari asosida chuqur bilimlarini olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarorining 2-ilovasida ko‘rsatilgan 2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Islom taraqqiyot banki» ko‘magida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti «Biologiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari va magistrantlarining o‘qish sifatini yaxshilash maqsadida 2021-2022-o‘quv yilida 70 nomdagi, jami 449 423 585. 06 so‘mlik o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, 2022-2023 o‘quv yilida 1 nomdagi, jami 1818.94 AQSH dollari miqdoridagi o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, 2023-2024 o‘quv yilida 14 nomdagi, jami 27.140.24 AQSH dollari miqdoridagi o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari 2024-2025 qish yilida 5 nomdagi, jami 122721000 so‘m miqdoridagi o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi.
Kafedrada «Yosh zoolog» va «Yosh fiziolog» ilmiy to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, bu to‘garaklarga talabalarning qiziqishiga qarab a’zolikka jalb etiladi va talabalar bilan reja asosida seminarlar tashkil etib boriladi. Ilmiy to‘garaklarga asosan biologiya yo‘nalishi talabalari a’zo bo‘lib, bu iqtidorli talabalarga kafedradagi tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilib kelmoqda.