AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Nukus DPI ikkinchi mutaxassislikga qabul boʻyicha ahamiyatli yangilik

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot boʻyicha hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari boʻlib oʻtkan edi.

Test sinovlari natijalariga koʻra, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot uchun bakalavriatning kundizgi va sirtqi ta’lim yoʻnalishlariga qabul boʻyicha koʻpchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan takliflar va murojaatlar kelib tushdi.

Shu mazmundagi taklif va murojaatlarni hisobga olgan holda, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi test sinovlari natijalariga qaramasdan ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot boʻyicha hujjat topshirgan barcha abituriyentlarni tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishini ma’lum qiladi.

Ikkinchi mutaxassislikning kunduzgi ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar shu yilning 8-sentabr kunidan boshlab tegishli fakultetlarning dekanatlariga (masalan, matematika va informatika ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Fizika-matematika fakultetiga), sirtqi ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar shu yilning 5-oktabr kunidan boshlab institutning 6-oʻquv binosida joylashgan sirtqi boʻlimiga quyidagi hujjatlarni olib kelishi kerak:

– Rektor nomiga ariza (institutda toʻldiriladi);
– Oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi diplomning asl nusxasi va ilovasi;
– 3,5 x 4,5 sm hajmidagi 6 dona fotosurat;
– pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi (ushbu hujjatlarning asl nusxasi abituriyentning shaxsan oʻzi tomonidan koʻrsatiladi);
– ikkinchi mutaxassislikga hujjat topshirgani toʻgʻrisidagi ruxsatnoma qogʻozi;
– hujjatlar yigʻma jildi (papka skorosshivatel);
– A5 formatidagi konvert.

Nukus DPI matbuot xizmati.