AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

“Kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Institutimizning Turkiy tillar fakulteti, fakultet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Feruza Sapayeva tashabbusi bilan joriy yilning 7-oktabr sanasida Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasi asosida “Talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, tashqi koʻrinishi, yurish-turishini, odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash orqali ularning jamiyatdagi rolini yanada oshirish maqsadida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, milliy kiyinish madaniyati yuzasidan targʻibot ishlarini olib borish” boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatining asl mohiyati shundan iboratki, 2022-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni tasdiqlandi. Shu munosabat bilan tizimdagi xotin-qizlarga, xususan, institutimiz pedagog-xodim ayol-qizlari, talaba-qizlariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini aniq idrok etish va amalda joriy etishga kamarbasta boʻlish mas’uliyatini yanada kuchaytirish maqsadi qat’iy joriy qilindi.

Ushbu davra suhbatini Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Feruza Sapayeva olib bordi va ilk soʻzni fakultet dekani dots.Barliqbay Davletovga berdi. U oʻz soʻzida yoshlarni axloqiy va estetik madaniyatga chorlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va kasb-hunarga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha gapirdi.

Mazkur tadbirda Turkiy tillar fakulteti tyutorlari: Qurbaniyazov Quralbay, Tursinbayev Ruslan, Xudaybergenova Xamida, Nurjanova Nabira, Xoʻjamuratova Gozzallar ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Feruza Sapayeva yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, milliy kiyinish madaniyati, yoshlarni yot va buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish yuzasidan targʻibot ishlarini shu shaklda olib borish, albatta, talaba-qizlarimizning kiyinish madaniyati, tashqi koʻrinishi, yurish-turishini, odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlashda ijobiy natijaga erishiladi, bezoriliklarni oldi olinadi, shu bilan birga fakultetimizda ta’lim va tarbiya olayotgan yoshlarimiz – o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman kabi qator qardosh xalqlar milliy qadriyatlarini asrab-avaylashda davom etadi, deya ta’kidlab oʻtdi. Va yana, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ilm-fan sohasida izlanayotgan talaba qizlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, yosh olima qizlar tajribasini ommalashtirish, ularning ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib-borishlari uchun sharoit yaratishga koʻmaklashish boʻyicha bir qancha fikr va tavsiyalar bildirdi. Maqsadimiz: “talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek ayollarning huquq va imkoniyatlari, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat” – ekanligini alohida ta’kidladi.