Doktorantura, tayanch doktorantura hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirish muddati uzaytildi
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq Yagona elektron tizimi – phd.mininnovation.uz orqali oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda.
Hujjatlarni 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilish belgilangan edi.
Talabgorlarga hujjat topshirishda qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil uchun oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshganligi, kvotalar tasdiqlanishi kechikkanligini hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanuvchi talabgorlar tomonidan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjatlar topshirish muddati joriy yilning 22-oktabriga qadar uzaytirilganligi ma’lum qilindi.
Eslatma: Hukumatning 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq Yagona elektron tizimi – phd.mininnovation.uz orqali talabgorlar tomonidan yuborilgan hujjatlar hujjat topshirilgan tashkilot tomonidan koʻriladi, qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Nukus DPI matbuot xizmati.