Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram messenjeridagi kanallardan birida Nukus davlat pedagogika instituti sirtqi boʻlimi talabalari uchun oʻquv xonalari yetishmayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Institut sirtqi boʻlimida talabalarning dasturiy oʻqish jarayoni tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilgan boʻlib, jadvalga koʻra har bir akademik guruhning belgilangan fanlarni qaysi sanada, qaysi auditoriyada oʻtishi qat’iy koʻrsatib oʻtilgan.
Ayni paytda jadval asosida institutning sirtqi boʻlimi 3-bosqich talabalarining dasturiy oʻqishi davom etayotgan boʻlib, oʻqish vaqtida auditoriyalar yetishmasligi bilan bogʻliq hech qanday muammolar kuzatilmadi.
Tarqalgan xabarlarga ilova qilingan fotosuratlar sirtqi boʻlim talabalarining auditoriya oldida ogʻzaki imtihon topshirish uchun navbat kutib turgan paytida tasvirga olingan.
Nukus DPI matbuot xizmati.