Raddiya
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram messenjerining «Talaba.uz» kanalida Nukus davlat pedagogika institutida oʻqiydigan talaba-qizlarga goʻyoki hijob oʻrash boʻyicha ta’qiqlar qoʻyilayotganligi, dars tugagandan keyin hijob kiyadigan qizlarni chaqirib olib, majlis oʻtkazib, ularni ogohlantirganligi yuzasidan murojaat chop etilgan.
Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmati ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining odob-axloq kodeksi ishlab chiqilgan boʻlib, uning har bir bandlari yuzasidan xodimlar va talabalar oʻrtasida targʻibot tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinadi.
Mazkur kodeks asosida talaba-yoshlarning yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid qoidalarini tushuntirish jarayonlarida murojaatda ta’kidlangan hech qanday ta’qiqlar yoki ogohlantirish koʻrinishidagi harakatlar amalga oshirilmagan.
Nukus davlat pedagogika instituti barcha xodimlar hamda talabalardan tashqi koʻrinishini me’yorda saqlash, kamtarona kiyinish boʻyicha odob-axloq qoidalariga rioya qilishga chaqirib qoladi.
Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmati.