Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “El ardogʻidagi shoir” mavzusida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O‘zbek adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kafedra qoshida tashkillashtirilgan “Nihol” ilmiy-adabiy to‘garagi a’zolari tashabbusi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirokida Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlangan badiiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Mazkur adabiy kechada dastlab, kirish so‘zni institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudirasi S.Bekchanova olib, Muhammad Yusuf ijodining oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n. K.Tashanov adib ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati toʻgʻrisida ma’ruza qildi.

Ushbu tadbirda kafedra qoshida tashkillashtirilgan “Nihol” ilmiy-adabiy toʻgaragi a’zolari Z.Urazbayeva, S.Xayrullayev, K.Qamariddinov, I.Tursunbayeva, J.Ibragimov, O.Ernazarova, G.Ernazarova, A.Xushanov, A.Elmurodov hamda H.Polvonnazarovalar faol ishtirok etishdi. Ular Muhammad Yusuf faoliyati bilan bogʻliq oʻzlarining sahna koʻrinishi, she’rxonlik chiqishlari va goʻzal qo‘shiqlari bilan yigʻilganlarga oʻz iste’dodlarini namoyish qilishdi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Aldasheva, F.Sapayeva, N.Allambergenova, Yo.Madrimova, H.Allambergenov, Z.Azilova, M.Ergashevlar ham so‘zga chiqib talabalarga Muhammad Yusuf ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.

Tadbir yakunida shoir ijodiga mansub “Ulug‘imsan, Vatanim” qoʻshigʻini yoshlar gimni sifatida o‘qituvchi va talabalar jo‘r bo‘lib aytishdi va bu tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bag‘ishladi.