Birinchi prorektor tomonidan ma’ruza mashgʻuloti olib borildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni» mavzusida ma’ruza mashgʻuloti olib borildi.
Ma’ruza mashgʻulotida mamlakatimizda oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilgʻor ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan mazkur konsepsiyaning mazmuni, shuningdek, konsepsiya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar ma’ruzachiga oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, savollariga atroflicha javob oldi.
Nukus DPI matbuot xizmati.