AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Qabul 2024

Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

🖥 Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va OTMlarga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3 kun ichida (30-31-iyul va 1-avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.uzbmb.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

❗️ Belgilangan muddatdan so‘ng apellatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Nukus DPI matbuot xizmati.