AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ertaga, 16-avgust kuni barcha hududlarda talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;

2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari hamda:

1-smenada 07:30 ga qadar;

2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi!

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/allow-transfer saytidan olishlari mumkin.

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Nukus DPI matbuot xizmati.