AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

Endilikda 2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, mazkur xizmat 2023-yil Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishga tushirildi.

Nukus DPI matbuot xizmati.