AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tayinlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Eshmuratov Roxat Artikbayevich Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori etib tayinlandi.

Roxat Eshmuratov 1983-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tugʻilgan.

U 2004-yilda Nukus davlat pedagogika institutining bakalavr yo‘nalishini, 2006-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

U mehnat faoliyatini 2006-2009-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti “Biologiya” kafedrasi assistentligidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi aspiranti, stajyor-tadqiqotchi izlanuvchisi, kichik ilmiy xodimi, 2012-2014-yillarda Nukus davlat pedagogika instituti “Botanika” kafedrasi assistenti, ichki nazorat va monitoring, ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limlari hamda o‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Nukus davlat pedagogika instituti “Botanika, ekologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Nukus DPI matbuot xizmati.