AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda «Nukus shahri P.Seytov koʻchasi boʻyidagi Nukus davlat pedagogika instituti hududidagi daraxt ekiladigan yerga magazin qurilayotgani» haqida murojaat e’lon qilindi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti murojaatga quyidagicha javob beradi:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkillashtirish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan murojaatda koʻrsatib oʻtilgan yer maydonidan 12 kvadrat metr yer «EXCLUSIVE PROVIDER» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 10-martdagi ijara shartnomasi asosida internet va kompyuter tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatish uchun, shuningdek, 8 kvadrat metr yer B.Kosjanovga 2022-yil 2-fevraldagi ijara shartnomasi asosida poyabzal ta’mirlash ustaxonasi uchun ijaraga berilgan.

Murojaatda koʻrsatilgan yer maydoni institutning «Yashil makon» loyihasi doirasida daraxt ekish uchun moʻljallangan yer maydoniga kirmaydi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmati.