AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Erkin Vohidov tavalludining 87 yilligi munosabati bilan “She’riyatga oshno qalblar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi

O‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi, ham aruzda, ham barmoqda erkin ijod qilgan benazir ijodkor  Erkin Vohidov tavalludining 87 yilligi munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida “She’riyatga oshno qalblar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirni O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudirasi Sayyora Bekchanova va kafedra dotsenti S.Matyakupovlar ochib berib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, Erkin Vohidov ijodiga ham to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbirda Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari o‘z iste’dodlarini namoyish etib, faol ishtirok etdilar. Birinchi va ikkinchi kurs talabalari E.Vohidov ijodidan she’rlar va qasidalar va dostonlarni yod aytishdi, 3-kurs talabalari adib qalamiga mansub bo‘lgan mashhur “Oltin devor” komediyasidan sahna ko‘rinish namoyish qildilar. Shuningdek, talabalar ijrosidagi yakkaxon va jamoaviy raqslar bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldilar. Yumoristik yo‘nalishda yozilgan “Donishqishloq latifalari” turkumi asosida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi kechki ta’lim talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Matmusaning lagani”, “Matmusaning dutori” kabi sahna ko‘rinishlari ko‘tarinki bir kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir yakunida O‘zbek adabiyoti kafedrasi a’zolari S.Bekchanova  H.Allamberganov va F.Sapayevalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. Hali bu kabi adabiy-badiiy tadbirlar institutimiz bo‘ylab keng yoyilajak…