AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Daholarga alla aytgan onalar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Bekchanova tashabbusi bilan oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona – kitobxon bola” g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida “Daholarga alla aytgan onalar” mavzusida ikki bosqichdan iborat tanlov tashkil qilindi.

Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan, ayollar va onalar ulug‘langan badiiy asarlar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlarini namoyish qildilar.

Tanlovning ikkinchi bosqichida tanlangan asar yuzasidan tayyorlangan monologlar ijro qilindi.

Ishtirokchilarning chiqishlari Turkiy tillar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Allambergenova, institut axborot-resurs markazi bosh kutubxonachisi G.Jiyemuratova hamda o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Q.Saburovalar tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan talaba-qizlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.