AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Bekchanova tashabbusi bilan Turkiy tillar fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida “Rahbar ayol imijini yaratish” mavzisida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Qoraqalpog‘iston tonggi” gazetasi bosh muharriri Nazira Matyakupova, O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Gulnoz Dalibaeva o‘zlaring rahbarlikkacha bo‘lgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari va kamchiliklar, oilani, o‘zini qadrlashi, farzand tarbiyasi haqida talaba-qizlarga ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, “Rahbar ayol imijini yaratish”, “Ayolning rahbarlik mas’uliyati”, “Ayol rahbar qanday bo‘lishi kerak?” kabi masalalarda so‘z yuritildi.

Tadbir davomida  Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Nodira Allambergenova hamda fakultet pedagog-xodimlari o‘tkazilayotgan tadbir va bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir yakunida S.Bekchanova mehmonlarga va ishtirokchilarga chuqur minnatdorchilik izhor qildi hamda talaba-qizlarni bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.