AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bizni yanada ilhomlanib, ko‘tarinki ruh bilan ishlashga o‘z bilimlarimizni oshirib rivojlantirishga da’vat qildi.

Muhtaram Prezidentimiz o‘zining har bir chiqishlarida onalar, ayollar va lobar qizlarimizni tilga olmasdan qo‘ymaydi. Nutqlaridan iqtibos keltiramiz: “…ayollarning, xususan, qiz bolaning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi.” Darhaqiqat, o‘qiganim bir kitobda jaholat nimada qo‘rqar ekan bilasizmi, ayoldan aniqrog‘i ma’rifatli ayoldan, demak biz o‘z yurtimizdan ayollarni ma’rifatli qilsak, kasb-hunarli bo‘lsa yuqorida ta’kidlanganidek, butun yurt ravnaq topadi. Buning uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan to‘laqonli ravishda foydalanib bilishimiz kerak. Ayniqsa kelgusida “yurtimizda “Qizlar akademiyasi” platformasi yaratilib, 100 ming nafar opa-singillarimizga moliyaviy, huquqiy, psixologik, reproduktiv bilim berish yo‘lga qo‘yilsa” bunda qizlarimizni har tomonlama yetuk, kreativ fikrlaydigan, oilada va jamiyat hayotida o‘rni muhimligini anglay oladigan bekalar safini ko‘payishiga yuz foiz ishonamiz.

Rivojlangan mamlakatlarda ayniqsa, biznes yuritishda  juda beso‘naqay semiz xodimlarni ishga olmas ekanlar, ya’ni o‘z nafsini boshqara olmagan inson biznesni va boshqalarni qanday boshqaradi. Darhaqiqat shu o‘rinda jadid bobomiz Abdulla Avloniyning quyidagi fikrlari juda ahamiyatli: “Ruh ila jism chaponning o‘ngi ila tersidir” ya’ni chaponing o‘ng va tersi kabi toza bo‘lmasa bir-biriga kiri urib ketadi deb keltiradi. Sog‘ tanda-sog‘lom aql deydi bobolarimiz. Buning uchun doimo biz o‘z ustimizda ishlab rivojlanishni o‘zimizdan, fikr, ong va yashash tarzimizni o‘zgartirishimiz kerak. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Biz ma’naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak. “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” degan g‘oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim”.

Biz onalarning o‘z jigargo‘shalarimizni kelajakda kerak bo‘lsa, Vatan uchun jon berishga tayyor bo‘ladigan milliy g‘ururli, vatanparvar qilib tarbiyalashda hissamiz juda katta. Shuning uchun ham “o‘g‘il-qizlarimizni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimizga aylanishi zarur”. Vatan ostonadan boshlanadi. Oiladagi tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olsak, kelajakda hech bir sohada qiynalmasligimiz so‘zsizdir.

Yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida ayol-qizlarimiz katta marralarini zabt qilib kelmoqdalar. O‘ylaymizki, agar oilada onalar kuchli ilmga ega bo‘lsa, halollik nima, mehr va samimiyat, opa-singil va aka-ukalar o‘rtasidagi oqibatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishni chin ma’noda nazoratini zimdan qo‘lga oladi. Chunki oilaga kirayotgan har qanday daromadning halol yoki nopok yo‘l bilan kirayotgan rizq ekanligini oiladagi onalarning bilmasligi mumkin emas. Agar ayollarimiz shu narsani vaqtida to‘xta olsalar, o‘zining vatan ichra vatani bo‘lmish oilasini botqoqlik domidan qutqarib qoladi. Bunday onalar siymosini biz Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarayotgan o‘g‘il-qizlarimiz misolida aniq ko‘ryapmiz. Demak, “Bu avvalo qizlarimiz, opa-singillarimizning intellektual salohiyati naqadar balandligidan, agar tegishli sharoit va imkoniyat yaratib bersak, ular har qanday yuksak marrani zabt etishga qodirligidan dalolat beradi”. Qadimdan donishmandlar oilada o‘g‘illar bilan birgalikda qizlarni ham ilmli qilish masalasi eng dolzarb masalalar qatorida ko‘rishgan. Chunki, oqila, ziyoli ayol kelajakda barpo bo‘ladigan butun boshli jamiyatning ilmli bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi. Shu nuqtai nazardan davlatimiz rahbarining yurtimiz xotin-qizlarining bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida amalga oshirayotgan tizimli islohotlari tahsinga sazovor. 

Ayollarning hunar o‘rganishi, ilm olishi yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashlarni komil ishonch bilan aytish kerakki, bularning barchasi kelajakka yo‘naltirilgan mevasi mo‘l, serdaromad, eng katta xazina ya’ni tuganmas samarali sarmoyadir.

Sayyora Bekchanova,

Ajiniyoz nomidagi NukusDPI rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.