AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Institut tyutorlari uchun oʻquv kurslari tashkil etildi

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning bilim saviyasi hamda malakalarini oshirish maqsadida oʻquv kurslari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib oʻtkazilayotgan oʻquv kurslarining dastlabki juftlik darsi institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Quvondiq Qodirov tomonidan «Yangi Konstitutsiya va yoshlar siyosati» mavzusi boʻyicha olib borildi.

Bir oylik oʻquv kurslari davomida tyutorlar Yangi Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar, globallashuv sharoitida yoshlarni Vatanga muhabbat hamda sadoqat, ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan qadriyatlarimizga hurmat ruxida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni, kitobxonlik hamda ekologik madaniyatni yoshlar orasida keng turda targʻib qilish va yoshlarga oid davlat siyosatining boshqa muhim masalalari yuzasidan oʻz bilimlarini tegishli mutaxassislar rahbarligida mustahkamlab boradi.

Oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha tyutorlarning egallagan bilim hamda koʻnikmalari yozma hamda test shaklida sinovdan oʻtkazilishi, ularning faoliyati samaradorligi maxsus baholash mexanizmi (KPI) boʻyicha baholanishi rejalashtirilgan.

Oʻquv kurslari davom etmoqda.

Nukus DPI matbuot xizmati.