Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish davom etmoqda

2024-2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

– 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

– xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – my.uzbmb.uz.

Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

NukusDPI matbuot xizmati.